Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahrida AQSh fuqarosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda BAA Ichki ishlar vazirligiga asoslanib “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabidagi bolalar bog‘chalaridan birining xodimasi bo‘lgan 37 yoshli ayol “Butik Moll” supermarketidagi ayollar hojatxonasida “o‘tkir tig‘li buyum” yordamida o‘ldirilgan. Qayd etilishicha, u notanish ayol bilan janjal vaqtida o‘ldirilgan. Kuzatuv kameralari musulmon ayollarning yuz va qo‘llari to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayolning chiqib ketganini suratga olgan.
Qotillik sababi hozircha aniqlanmagan. O‘ldirilgan ayol Abu-Dabida 11 yoshli egizaklar bilan yashagan. Hozirda bolalar politsiya nazorati ostida turibdi.
Izoh (0)