O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Osiyoning 2014-yildagi eng yaxshi hakami deb topildi. Bu o‘zbekistonlik hakamning qit’a miqyosidagi beshinchi sovrini, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”
Filippin poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan keyin Ermatovdan “Stadion.uz” sayti uchun qisqacha intervyu berdi.
“Har safar sovrinni qo‘lga kiritayotganimda hissiyotlar yuqori bo‘ladi. Boisi, buning ortida juda katta mehnat yotadi. O‘ylaymanki, menga bu sovrin shunchaki JChda o‘yinlarni boshqarish bo‘yicha rekordchiga aylanganim uchun berilmadi, balki yil davomida boshqarib borgan o‘yinlarim, qilgan mehnatlarim sarhisob qilinishi oqibatida topshirildi.
Butun qit’ada hakamlik saviyasi oshib borishi uchun OFK va O‘zbekiston futbol federatsiyasi juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bois, bu mukofotni faqat o‘zimniki deb bilmayman. Unda ustozlarimning, men bilan birga o‘yinlarni boshqarib borgan yordamchilarimning katta hissasi bor. Shuningdek, mazkur sovrin meni qo‘llab-quvvatlagan insonlarniki, xalqimizniki va butun O‘zbekistonniki deb bilaman”, − dedi Ravshan Ermatov.
Izoh (0)