Braziliyaning Juis-di-Fora shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi 9 turdan iborat X jahon chempionatining 5-turi yakunlandi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
7 yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasida o‘zbekistonlik Islombek Sindorov 5 imkoniyatdan 4,5 ochko to‘plagan holda hindistonlik Dev Shoh bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda. Ikkala yetakchi to‘rtinchi turda o‘zaro durang qayd etgan.
Islombekning akasi Javohir Sindorov esa 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar musobaqasida 5 imkoniyatdan 5 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. Ushbu bahslarda Angliya vakili ham 100 foizlik natija ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)