Urganchdagi UzXCMG MChJ shaklidagi O‘zbekiston — Xitoy qo‘shma korxonasida zamonaviy gidravlik ekskavatorlar, qurilish uskunalari hamda ular uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Turkiston-Press” nodavlat axborot agentligiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Joriy yilda ishga tushirilgan korxonada o‘tgan qisqa muddat ichida 40 ta ekskavator ishlab chiqarilib, buyurtmachilarga yetkazib berildi.
Hozirda 25 nafar malakali ishchi-xizmatchi ishlayotgan korxona faoliyatini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Yil oxirigacha yana 20 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Izoh (0)