2014-yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning yettinchi raundida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu, Bosh vaziri devoni huzuridagi Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidenti Cham Serdar va iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari Adnan Yildirim bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston — Turkiya munosabatlarining amaliy jihatlari, jumladan, hamkorlikning turli sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Kemal Aydin bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)