Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Usama bin Ladenning haykalchasi Los-Anjelesdagi kimoshdi savdosida 11,8 ming dollarga sotildi, deya xabar berdi UPI. Lotning boshlang‘ich narxi 2,5 ming dollarni tashkil etdi.

Foto: mashable.com

Foto: mashable.com

“Iblis ko‘zlari” deb ataladigan 30 santimetr balandlikdagi qo‘g‘irchoq Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan 2005-yilda yaratilgan. Unga maxsus modda surilgan bo‘lib, u issiqlik ta’sirida erib, yo‘qoladi va bin Ladenning ikkinchi, iblisona basharasi paydo bo‘ladi.

O‘yinchoqlar AQSh ta’sir operatsiyasining timsollaridan biri bo‘lib, shu yo‘l bilan Amerika maxfiy xizmati pokistonliklarga bin Ladenning haqiqiy yuzini ko‘rsatib, uning terrorchilik mafkurasidan qaytarmoqchi bo‘lgan. Biroq uchta haykalcha ishlab chiqilganidan so‘ng, tez orada bu loyihadan voz kechishgan.

Qo‘g‘irchoq muallifi o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi Hasbro kompaniyasining sobiq top-menejeri Donald Levindir. U 2014-yil martida vafot etgach, o‘g‘li haykalchani kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi