Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 25-noyabr kuni ertalab AQShning Missuri shtati Sent-Luis sudi prokurori Bob Makkalok avgust oyida 18 yoshli qoratanli o‘smirni otib qo‘ygani uchun qamoqqa olingan politsiyachi Darren Uilsonning oqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Lifenews.ru”ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.

Sent-Luis sudi prokurori Bob Makkalok. Foto: Kun.uz

Sent-Luis sudi prokurori Bob Makkalok. Foto: Kun.uz

Shu yilning 9-avgust kuni Fergyuson shaharchasida hudud politsiyachisi 18 yoshli Maykl Braunni o‘g‘rilikda gumon qilib otib tashlagan, o‘shanda politsiyachi o‘smirga qarata olti marta o‘q uzgan edi. Lekin sud bu ishda ayblanuvchini jazolash uchun dalillar yetarli emas deb topdi va uni qo‘yib yubordi.

Natijada, Fergyuson shaharchasida yuzlab odamlar norozilik bildirib, ko‘chalarga chiqdi va politsiya binosi atrofiga to‘plandi.

Mamlakat prezidenti sudning qarorini qo‘llab-quvvatlab, odamlarni namoyishlarni to‘xtatishga chorlab qilgan chiqishi ham foyda bermagach, hududga uchta zirhli mashina bilan jazolovchi kuchlar jo‘natildi. Jazo guruhi to‘planganlarga qarata rezina o‘qlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar qo‘llagach, odamlar tarqaldi. Lekin shaharda hali ham favqulodda holat saqlanib qolmoqda.

Qayd etib o‘tish joiz, Fergyuson shaharchasidagi 21 minglik aholining asosiy qismi afroamerikalik hisoblanib, ular politsiyachi Darren Uilsonning qilmishini irqchilik harakati sifatida baholamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari