Qozog‘istonda yuk mashinasi yuk va yo‘lovchi poyezdlari bilan to‘qnashib ketdi. Ushbu fojea kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
https://www.youtube.com/watch?v=Z0l33CXQzAM
Yuk mashinasi haydovchisi sirpanchiq yo‘lda avtomobilni to‘xtatishga ulgurmagan va poyezd yo‘liga chiqib qolgan. U dastlab kelib qolgan yuk poyezdi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvdan qochishga ulgurgan, vagonlar faqat mashinaning yon tomoniga tegib ketgan. Biroq bir necha soniyadan keyin qarama-qarshi yo‘ldan Irkutsk−Kislovodsk yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi paydo bo‘lgan.
Mashinist poyezdni to‘xtatishga uringan, biroq tezlik haddan tashqari yuqori bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yuk poyezdining 4ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketgan, yo‘lovchi poyezdining uchta vagoniga zarar yetgan. Poyezdlar mashinistlari va yo‘lovchilari zarar ko‘rmagani ma’lum qilingan.
Izoh (0)