Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro hamqishlog‘i bilan janjallashib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda.
Buvaydalik janjal vaqtida o‘zini boshqara olmay, hamqishlog‘iga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi. Jarohat olgan hamqishloq darhol shifoxonaga yotqizildi. Zo‘ravon esa ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
U endi sodir etgan xatti-harakati uchun qonun oldida javob berishi aniq, deyiladi xabarda.
Izoh (0)