Rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonov Xitoyning Alibaba Group onlayn-do‘konlar guruhiga foydalilik darajasi 500 foiz bo‘lgan sarmoya kiritdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Megafon” va Mail.ru Group’ni boshqaruvchi USM Holdings xo‘jayinlaridan biri bo‘lgan Usmonov kiritgan investitsiyasining hajmi haqida berilgan savolga aniq raqamlarni aytishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, uning foydalilik darajasini yuqoridagicha baholadi.
Alibaba Group kompaniyasi o‘zining Alipay to‘lov tizimiga ega bo‘lib, AliExpress va Taobao internet-do‘konlarini ham nazorat qiladi. Kompaniyaning 2013−2014-moliyaviy yildagi daromadi 8,4 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, bundan 3,8 milliard dollari foyda ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)