Toshkentda bir necha yil davomida fohishalar xizmatini taqdim etib kelgan model agentligi fosh etildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasiga asoslanib “12news.uz”xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, agentlik xodimalari faqatgina “baquvvat” mijozlarga xizmat ko‘rsatgan. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimi “mijoz” sifatida muassasa rahbariga murojaat qilganda, u to‘rt nafar qiz uchun 1600 dollar so‘ragan.
Qo‘lga olingan rahbarning sumkasidan 500dan ortiq yengiltabiat qizlarning rasmlari, shuningdek buyurtmachilar ro‘yxati topilgan. Bundan tashqari, fohishalar orasida 13−14 yoshli qizlar, kollej talabalari borligi aniqlangan. Agentlik model niqobi ostida fohishalarni Janubiy Koreyaga jo‘natish bilan shug‘ullangani ham ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)