O‘zbekiston sayyohlik sohasida Qashqadaryo viloyati uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi sayt taqdim etildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati.
Sayt o‘zining original dizayni va texnik jihatlari bilan ajralib turadi. Unda Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy, madaniy va ma’moriy yodgorliklar bilan tanishish mumkin.
Shuningdek, saytdagi “Yangiliklar”, “Go‘zalliklar”, “Hordiq”, “Galereya”, “Qiziqarli maqolalar” ruknlari mintaqa haqida turli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Izoh (0)