O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari 2014-yilning 19-dekabridan 2015-yilning 5-yanvariga qadar qishki ta’tilda bo‘ladi. Bu haqda Toshkentdagi OTMlar vakillari ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Qayd etilishicha, qishki ta’til muddati talabalar o‘zlarining doimiy yashash joylariga borib, 21-dekabr kuni bo‘ladigan parlament saylovlarida ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida o‘zgartirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, bu muddat davomida talabalar temir yo‘l transporti chiptalarini imtiyozli narxda xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)