“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti to‘p nazoratiga asoslangan futbol ko‘rsatayotganini tan oldi. Ammo bu yerda asosiy farq to‘pni maydon markazida shunchaki u yoqdan bu yoqqa oshirish emas, gol urishga bo‘lgan harakatda ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
“‘Barselona’ o‘z uslubini biroz o‘zgartirmoqda, bunga moslashish uchun o‘yinchilarga vaqt kerak. Ularning markaziy chizig‘iga kelsak, u juda ajoyib.
Hozirgi ‘Real’ Gvardiola davridagi ‘Barselona’ga o‘xshaydimi? Balki, qaysidir ma’noda shundaydir. To‘pni ko‘proq nazorat qilishga harakat qilyapmiz, ammo bunda biz maksimal ravishda darvozani nishonga olishni ko‘zlaymiz. Biroq jamoa to‘pni nazorat qilib, darvozani ishg‘ol qilishga harakat qilmasa, bu menga yoqmaydi”, — dedi Anchelotti.
Izoh (0)