Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlar uchun mo‘ljallangan alohida Groups mobil dasturi ishga tushirildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Ushbu dastur tarmoqda guruhlar yaratish va yaratilgan guruhlarni oson hamda qulay boshqarish uchun ishlab chiqildi. Unda tezkor surat, video, post bo‘lishish, guruh yangiliklaridan xabardor bo‘lib turish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Facebook joriy yilning boshida Messenger — alohida xabar almashish dasturini ishga tushirgan edi. Avvaliga ayrim foydalanuvchilarga yoqmagan ushbu loyiha hozirda ko‘pchilikka yoqmoqda.

Foto: Phonearena.com

Foto: Phonearena.com

Facebook’ning Groups dasturi Android va iOS qurilmalari uchun mo‘jallangan, uni Google Play yoki App Store’dan bepul yuklab olsangiz bo‘ladi.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi