Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

BAAning Sharja shahrida “Musulmon davlatlari” o‘rtasida shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir davom etmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.

Foto: Olamsport.com

Foto: Olamsport.com

Ayol shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda Sarvinoz Qurbonboyeva, erkaklar musobaqasida Aleksey Barsov O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Ayollar guruhida 18 ta davlatdan 26 nafar ishtirokchi o‘zaro dona surmoqda. Erkaklar guruhida esa 46 nafar qatnashchi g‘oliblik yo‘lida bahslashmoqda.

Ushbu turnir to‘qqiz turdan iborat bo‘lib, bugungacha uchta partiya o‘ynaldi. Turnir g‘olibi erkaklar o‘rtasida besh, ayollarda esa uch ming AQSh dollariga ega bo‘ladi. Kecha 3-turda Qurbonboyeva qora donalarda qozog‘istonlik grossmeyster Dinara Saduakassova bilan durang o‘ynadi. Bundan avvalgi ikki turda Sarvinoz raqibalarini mag‘lub etgan edi. Barsov esa qora donalarda Eltaj Safarliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?