Taniqli amerikalik sarmoyador Jorj Sorosning Qirg‘izistonga tashrifi munosabati bilan 17-oktabr kuni Bishkekdagi AQSh elchixonasi oldida 50dan ortiq kishi norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Vecherniy Bishkek”.
Jorj Sorosdan tezda Qirg‘izistonni tark etish va mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni talab qilgan namoyishchilar orasida “Russkiy mir” rossiyalik vatandoshlar ittifoqi, “Kuchli Qirg‘iziston” jamoatchilik birlashmasi kabi tashkilotlar vakillari ham borligi aytilgan.
Namoyishchilar Sorosning 2004-yildagi Qirg‘izistonga tashrifidan keyin mamlakatda tartibsizliklar boshlanganini ham esga olgan. Asosiy miting mahalliy vaqt bilan soat 13:00 ga belgilanganiga qaramay, bir soat oldindan odamlar tarqalishni boshlagan.
Soros Qirg‘izistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida u Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetiga ham boradi. Soros universitet kampusi qurilishiga mablag‘ kiritgan bo‘lib, ishlar borish jarayonini kuzatishni maqsad qilgan.
Izoh (0)