Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Katta yigirmalik” sammiti doirasida norasmiy uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Ikki mamlakat yetakchilari bir soatdan ortiqroq yuzma-yuz suhbatlashgan. Shuningdek, ularning suhbatiga Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker ham qo‘shilgan.
Muzokaralar tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan. G20 sammiti ochilishidan oldin Germaniya kansleri Ukrainadagi mojaro borasida Putindan o‘zgarishlar kutmayotganini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)