Yevro — 2016 saralash bosqichida Shotlandiya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng fojia sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Stadion.uz BBC’ga tayanib.
O‘yindan so‘ng Shotladiyaning Glazgo shahrida joylashgan “Seltik Park” stadionining 33-raqamli chiqish eshigi zinasidan yiqilgan 22 yoshli muxlis shahardagi Qirollik shifoxonasiga yetkazildi, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Uchrashuv Shotlandiya termasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Stadionga 60 ming muxlis tashrif buyurdi.
Izoh (0)