“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov kampaniyasi shu yilning 15-sentabrida boshlangani va saylov 21-dekabrda o‘tkazilishi munosabati bilan “Saylov — 2014” ijtimoiy so‘rovini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda aholining turli ijtimoiy guruhlari vakillari — erkaklar va ayollar, yoshlar, pensionerlar, shahar va qishloq aholisi ishtirok etdi.
So‘rov davomida aholi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylov to‘g‘risida yetarlicha xabardor ekani ma’lum bo‘ldi. So‘rov ishtirokchilarining qariyb 90 foizi saylov 2014-yil dekabrda o‘tkazilishini biladi. 86,7 foizi saylovchilar huquqlaridan yaxshi xabardor. Aksariyat ishtirokchilar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonun bilan tanishib chiqqan.
So‘rov shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning ko‘pchiligi shu yilning 21-dekabrida bo‘lib o‘tadigan saylovda albatta ishtirok etadi. Ular ushbu muhim siyosiy voqeaga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)