Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan “Nafaqa va yordam puli miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish” yangi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar bunday ma’lumotnomani olishlari uchun onlayn arizani to‘ldirishlari va Yagona portal orqali budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga yuborishlari kifoya. Ariza ko‘rib chiqilgach, fuqarolar tayyor ma’lumotnomani olishlari uchun 10 ish kuni mobaynida Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (yoxud qonuniy vakilning vakilligini tasdiqlovchi hujjat)larini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin.
Ushbu xizmatdan Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan nafaqa va yordam pulini oluvchi fuqarolar, shuningdek, ularning qonuniy vakillari foydalanishlari mumkin.
Izoh (0)