Toshkent shahar Yashnobod tumani (sobiq Hamza tumani) hududidagi Elbek ko‘chasining ta’mirlash ishlari 2015-yildagina yakunlanadi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Podrobno.uz nashrining qayd etishicha, ta’mirlash ishlari 2011-yilda boshlangan ko‘chaning 20 foiz qismi haligacha yomon ahvolda qolmoqda. Yashnobod tumani hokimi Farrux Hakimov ta’mirlashning qolgan qismi 2015-yilda tugatilishini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, “Mashinasozlar” va “Do‘stlik” metro bekatlari orasida joylashgan Elbek ko‘chasi Yashnobod tumanidagi eng uzun ko‘chalardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)