Rossiya prezidenti Vladimir Putin Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida sanksiyalar masalasini ko‘tarmoqchi emas, deb xabar berdi “TASS”.
“Agar bu haqida gap ko‘tarilsa, albatta men ham gapiraman. Ammo men o‘zim bu masalani ko‘tarmoqchi emasman, menimcha bu befoyda”, − dedi Putin.
Shuningdek, u sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki butun xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga zarar keltirishini ta‘kidladi. Putin ushbu holat sammitning barcha ishtirokchilari tomonidan tan olinib, sanksiyalar o‘tmishda qolishiga umid bildirdi.
Izoh (0)