Toshkent shahar Mirobod tumanida Topchan nomi bilan O‘zbekistondagi ilk xostel (arzon mehmonxona) ochiladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.
Hozirda hostel mehmonlarni qabul qilishga tayyor, muassasa o‘z faoliyatini rasmiylashtirish ishlari yakunlangach boshlaydi. Topchan Shimoliy vokzal yaqinida, Sakkizinchi mart ko‘chasida joylashgan.Avval koreys restorani joylashgan binoda hozir umumiy yashash xonasi, hojatxonalar, katta oshxona, bar va o‘yin zali joy olgan. Hattoki odatda bunday muassasalarda bo‘lmaydigan sauna va yopiq basseyn mavjudligi ham aytilgan. Xostelda bir kun yashash narxi 12 dollarga tushishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)