Facebook’dagi “Yest rabota!” guruhida yangi Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa kompaniyasi call-markaz operatorlari − aloqa markazi mutaxassislarini ishga olishi to‘g‘risida e’lon joylashtirildi, deb xabar bermoqda Mobinfo.uz.

Foto: mobile.uz

Foto: mobile.uz

Asosan mijozlarning savollariga telefon orqali javob qaytarish bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan ish o‘rni e‘lonida “UMS’da ishlash − hayotni yorqinroq, qiziqarliroq va yanada barqaror qilish imkoniyati” ekanligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, “MTS-O‘zbekiston” o‘rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o‘z tijoriy faoliyatini 2014-yil 1-dekabrdan boshlashi ko‘zda tutilgan.