Nigeriyaning Yobe shtatida joylashgan Potiskum shahridagi o‘rta maktablardan birida portlash sodir bo‘lib, u kamida 13 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bundan tashqari, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qutqaruvchilardan biri halok bo‘lgan 13 kishining tanasi shifoxonaga yetkazilganini ma’lum qilgan bir vaqtda, portlash sodir bo‘lgan maktab o‘qituvchisi qurbonlar soni 20 dan ziyod ekanligini aytgan. Shahar shifoxonasi xodimlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy muassasaga o‘nlab o‘quvchi yetkazilgan.
Favqulodda hodisa o‘quvchilar maktab direktori nutqini kutayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.
Hozirga qadar hech bir guruh mazkur portlashga aloqasi borligi haqida ma’lum qilmadi.
Izoh (0)