Argentinaning “Belgrano de Kordoba“ va “Defensa y Xustisiya” klublari o‘rtasidagi uchrashuv fojea bilan tugadi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Halok bo‘lgan muxlis Karlos Fernandos 22 yoshda edi. Ishqiboz 25 metr balandlikdan yiqilib tushdi. U og‘ir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda olamdan o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni o‘tgan o‘sha uchrashuv 3:0 hisobida “Belgrano” g‘alabasi bilan tugagan.
Izoh (0)