Daryo

Tramp Isroil va Eron sulhga erishganini aytdi. Tehron buni rad etdi 

“Hozirda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘q”, dedi Eron TIV rahbari

1 daqiqa o‘qish7 842 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Biroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mazkur ma’lumotni rad etdi.

Foto: Reuters

Tramp tomonlar “12 soatga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga” kelishib olgani, shundan so‘ng urush tugagan deb hisoblanishini aytgandi. Biroq Eron tashqi ishlar vaziri bu borada hech qanday kelishuv bo‘lmaganini ta’kidladi. Abbos Aroqchi o‘z bayonotida “Isroil Eronga qarshi urush boshlaganini, aksincha emas”ligini qayd etdi.

Hozirda o‘t ochishni yoki harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday “kelishuv” yo‘q. Biroq agar Isroil rejimi Eron xalqiga qarshi noqonuniy tajovuzini Tehron vaqti bilan ertalab soat 4 gacha to‘xtatsa, biz javob harakatlarimizni davom ettirishni rejalashtirmayapmiz, degan Aroqchi tungi bayonotida.

U harbiy harakatlarni tugatish bo‘yicha qaror keyinroq qabul qilinishini aytgan. Hozirda Eron tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif bilan Moskvada bo‘lib turibdi. U 23-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 23-iyun kuni Eron Qatardagi Amerika harbiy bazalariga qarshi operatsiya boshlagan edi. AQSHning Iroqdagi bazasi ham hujumga uchragan. Qatar o‘z hududidagi harbiy bazaga berilgan zarbalardan so‘ng Eronning harakatlarini qat’iy qoralagan. Mamlakat bevosita javob berishga haqli ekanini bildirgan. Qatarning bayonotini Saudiya Arabistoni ham qo‘llab-quvvatlagan. Shundan so‘ng, Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayishi sababli bir qator davlatlar o‘z havo hududini yopgan.

Tramp esa otashkesimga erishilgani yuzasidan bayonot bergandi. U Isroil va Eronni “12 kunlik urush” deb atalishi kerak bo‘lgan voqeani tugatishda “sabr-toqati, jasorati va aql-zakovati uchun” tabriklagandi. Ammo 24-iyun kuni Eron hech qanday muzokaraga erishilmaganini bildirgan va Isroilning Beer Sheva shahriga ballistik raketalar bilan zarba bergan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar