5-noyabr kuni Nyu-Yorkda WSJ jurnalining har yili o‘tkaziladigan “Innovator — 2014” to‘rtinchi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Zamonaviy san’ati muzeyida tashkil etilgan marosimga Madonna, Jennifer Konnelli, Dautsen Krez, Pol Bettani kabi yulduzlar tashrif buyurdi.
Tadbirda san’at, dizayn, raqs va biznes sohalarida yangilik yaratgan shaxslar mukofot laureatiga aylandi.
Victoria’s Secret kompaniyasi modeli bo‘lgan 29 yoshli Dautsen Krez WSJ jurnali mukofotini ko‘cha raqslariga yangicha nigoh bilan yondashgan Charlz Rayliga topshirdi.
43 yoshli aktrisa Jennifer Konnelli esa haykalcha bilan Louis Vuitton kompaniyasining yangi ijodkor rahbari Nikolya Jeskyerni taqdirladi.
Izoh (0)