Jizzaxning “Jellig‘ulli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro marixuana iste’mol qilgani uchun sudlandi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmatiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Shahar prokurorining katta yordamchisi Gulnora Hamroyevaning ma’lum qilishicha, “sud uning giyohvand moddalarga tobe bo‘lib qolganini hisobga olib, majburiy davolashni tayin etib, bir yil ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan”.
Ayni vaqtda, giyohvand shaxs sud majlisi davomida marixuanani Do‘stlik tumanidagi “Mevazor” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi shaxsdan sotib olganini ma’lum qilgan.
“Natijada marixuana sotuvchiga nisbatan ham adolatli hukm chiqarildi. U bundan keyingi umrining besh yilini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etishlaricha, bir yilga qamalgan giyohvandning to‘rt nafar, marixuana sotgan shaxsning esa uch nafar farzandi bor.
Izoh (0)