Kamtarona hayot tarzi olib borishi bilan tanilgan Urugvay prezidenti Xose Muxika o‘zining 1987-yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle rusumidagi avtomobili uchun ismi oshkor etilmagan arab shayxi tomonidan 1 million dollarlik taklif oldi, deb xabar bermoqda Motor.ru.
Arab shayxi ushbu taklifni joriy yilning iyun oyida Boliviyada bo‘lib o‘tgan “G77 + Xitoy” rivojlanayotgan davlatlar sammiti chog‘ida bildirgan. Muxikaning aytishicha, bu shunday takliflarning birinchisi emas, biroq aynan shu taklifdan keyin u o‘z mashinasini bunday narxda sotishni o‘ylab ko‘rgan.Urugvay prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mashina sotilgan taqdirda pullar kambag‘allarga yordam beruvchi Plan Juntos jamg‘armasiga yoki mamlakatga yordam beradigan boshqa biror joyga o‘tkaziladi. Ushbu jamg‘arma Muxikaning o‘zi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, u 250 ming peso (12 500 dollar)lik maoshing 90 foizini har oy fond hisobiga o‘tkazib turadi. Mashinasini esa prezident daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyada 70 ming peso (2850 dollar) deb ko‘rsatgan.
Izoh (0)