Samarqand shahrida jami 73 ta yo‘nalish bo‘yicha jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 71 ta avtobus yo‘nalishida 595 ta avtobus hamda 2 ta mikroavtobus yo‘nalishlarida 29 ta mikroavtobuslar belgilangan jadvallar asosida qatnab, aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda, deb xabar berdi UzReport. Shuningdek, zamon talabi va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, avtotransport parki rejali ravishda yangilanmoqda.
Jumladan, so‘nggi oylarda Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Oqtosh trans avto” MChJ tomonidan 20 ta, “Samarqand trans prestij” MChJ tomonidan 3 ta, “Navobod trans” MChJ tomonidan 8 ta, “Afrosiyob trans servis” MChJ tomondan Isuzu NP37 rusumli avtobuslar xarid qilinib, “Temiryo‘l ABB – 65-maktab”, “Uzoq lager – Baydakov qishlog’i”, “Kimyo zavodi – Ipak yo‘li bozori”, “Shohi Zinda AAB – Andijoni qishlog‘i”, “Siyob bozori – Davlatobod”,“Hazora ABB – Motrud qo‘rg’oni”, “Temiryo‘l ABB – Konigil qishlog‘i” yo‘nalishlariga qo‘yildi.
Yangi avtobuslar sotib olinishi munosabati bilan, yaratilgan ish o‘rinlariga 70 nafar haydovchi va mexaniklar qabul qilindi.
Izoh (0)