2014-yil 6-noyabr kuni ertalab Orenburg oblastidagi Yasniy kosmodromidan Rossiya va Ukraina birgalikda ishlab chiqargan “Dnepr” raketasi koinotga chiqarish uchun uchirildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu raketa koinotga ASNARO sun’iy yo‘ldoshini, shuningdek yana to‘rtta kichik sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqan. “Dnepr”ning o‘zi РС-20 (SS-18 “Satana”) qit’alararo ballistik raketalari oilasining uchunchi vakili hisoblanadi. Raketa modernizatsiyasi bila Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonning qo‘shma loyihalariga ixtisoslashgan “Kosmotras” kompaniyasi shug‘ullangan.
Koinotdan foydalanish va tadqiqotlar o‘tkazish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Rossiya−Ukraina dasturi 2007-yilda 4 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, 2011-yilda 2012−2016-yillar uchun dastur kelishib olingan.
Izoh (0)