Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.
Hozirgacha shaharning markaziy ko‘chalari kengaytirilib, bir nechta yangi ko‘p qavatli uylar qurilgan. Mustaqillik maydoni kengaytirilib, atrofidan markaziy bankning viloyatdagi filiali yangi binosi, viloyat xo‘jalik sudi va nikoh uyi o‘rin olgan. Shuningdek, yangi temir yo‘l vokzali qurilgan.
Shahar hokimiyati oldida yoshlar markazi qurilmoqda. Bundan tashqari, Gulistonda akvapark qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari evaziga shahar suv ta’minoti yaxshilanishi uchun ishlar boshlangan.
Izoh (0)