Euronews telekanali Uzbekistan life turkumidagi ko‘rsatuvlarini davom ettirib, “Samarqandning bebaho merosini asrab” ko‘rsatuvini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Ko‘rsatuvda Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandning ulkan madaniy markazga aylangani haqida so‘z yuritilgan. Ayniqsa, Ulug‘bekning ilmiy hissasi va Ulug‘bek madrasasining noyob me’morchilik namunasi ekanligi ta’kidlangan. Samarqand yaqiniga dafn qilingan muhaddislar yetakchisi Imom Ismoil al Buxoriyning maqbarasi va buyuk olimning o‘ziga alohida urg‘u berilgan.
Shuningdek, yaqin orada Euronews telekanali orqali O‘zbekistonning yana ikki qadimiy shahri − Buxoro va Xiva haqida ham maxsus ko‘rsatuvlar efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)