Rossiya prezidenti Vladimir Putin fashistlar bilan hamkorlik qilgan tashkilotlarning belgi va atributlarini targ‘ib qilish va ommaga ko‘rsatishni taqiqlovchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shuningdek, Nyurnberg tribunali hukmlarini tan olmaydigan tashkilotlar ham taqiq ro‘yxatidan o‘rin olgan. Taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullangani uchun Rossiya fuqarolari 1000-2000 rubl (22-45 dollar) miqdoridagi ma’muriy jarima yoki 15 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilinadi.
Mansabdor shaxslar 1000-4000 rubl (22-90 dollar), jismoniy shaxslar 10-50 ming rubl (220-1000 dollar) miqdoridagi jarimaga tortiladi. Eng yuqori jarima 20-100 ming rubl (450-2000 dollar) qilib belgilangan.
Izoh (0)