Rossiyaning Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki rahbarining o‘rinbosari Aleksandr Ivanov BAAda cho‘kib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Aleksandr Ivanov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning ma’muriyati rahbari Sergey Ivanovning o‘g‘li hisoblanadi. So‘nggi o‘n yil mobaynida u Rossiya va MDH davlatlaridagi bir qancha banklar boshqaruvida, shuningdek boshqa moliyaviy institutlarda ishlagan.
Gazeta.ru’ning ma’lum qilishicha, Aleksandr Ivanov u haqida otasining mansabi tufayli yutuqlarga erishgan deb o‘ylashlarini istamagan va buning uchun doimo qattiq mehnat qilgan.
Izoh (0)