Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In betob bo‘lganidan buyon ilk marta omma oldiga hassasiz chiqdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Shimoliy Koreya yetakchisi sentabr oyi boshidan 40 kun davomida ommaga ko‘rinmadi. Oktabr oyi o‘rtalarida esa Kim Chen Inning olimlar uchun turar-joy mavzesiga tashrifini yoritgan “Nodon Sinmun” gazetasi uning hassaga tayanib yurgan suratlarini namoyish etdi. Keyinroq Janubiy Koreya matbuoti Kim Chen In to‘pig‘idan operatsiya qilingani haqida xabar qildi.
Ushbu haftada “Nodon Sinmun” gazetasida uning Xalq armiyasi rahbariyati bilan birga tushgan surati chop etilgan bo‘lib, unda Kim Chen In hassasiz yurgani ko‘rinib turadi. “Kiodo” agentligining xabar berishicha, bu suratlar yetakchining tiklanishi maromida kechayotganini ko‘rsatish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)