Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

So‘nggi bosqichdagi miya saratonidan azob chekkan 29 yoshli amerikalik ayol Brittni Meynard o‘lim inyeksiyasi orqali hayotiga nuqta qo‘ydi, deya xabar bermoqda Euronews.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Meynard evtanaziyaga huquq beruvchi aktdan foydalanish uchun o‘z turmush o‘rtog‘i bilan Kaliforniyadan Oregon shtatiga ko‘chib o‘tdi.

Brittni tomonidan YouTube’ga joylangan rolik 9 million marta tomosha qilindi, unda qiz o‘z qarorini va uning sabablarini tushuntirib beradi.

Meynard bir necha oy avval o‘lim inyeksiyasi retseptini qo‘lga kiritgan, biroq ahvoli og‘irlashmagunicha undan foydalanmaslikka qaror qilgan. O‘tgan hafta u o‘z veb-saytida sog‘lig‘i yaxshi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Biroq shifokorlar tomonidan ahvoli salbiy baholanishi va o‘lim talvasasidan qo‘rqishi natijasida Brittni Meynard qat’iy qaror berdi.

Ta’kidlash joiz, Oregonda ushbu akt 1997-yildan buyon amal qiladi. Shu vaqt ichida 1173 kishi o‘lim inyeksiyasi retseptini qo‘lga kiritgan, ularning 752 nafari undan foydalangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak