Toshkent xalqaro aeroportiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Boeing 767-300ВСF yuk samolyoti yetib keldi, deb xabar bermoqda UzReport.
Bu ikkita milliy aviakompaniyaning Boeing 767-300ER yo‘lovchi samolyotlarining Boeing 767-300ВСF yuk samolyotiga aylantirilishi loyihasi doirasidagi birinchi layneri bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ko‘magi va moliyaviy ta’minoti asosida amalga oshirilayotgan bu loyiha Navoiy aeroporti bazasida Xalqaro intermodal logistika markazini rivojlantirish uchun jahon standartlariga javob beradigan yuk samolyotlari parkini tashkil etishni maqsad qilgan.
Boeing kompaniyasi tomonidan Singapurdagi “Sasko” aviata’mirlar bazasida qayta jihozlangan samolyotlar dunyoning istalgan aeroportiga borish uchun moslashtirilgan. Ikkinchi samolyot joriy yilning dekabr oyida yetib kelishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)