3-noyabr kuni Litvada NATOning “Temir qilich” deb nomlangan yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
Manyovrlarda 10 davlat, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya va Kanadadan 2500 nafar harbiy qatnashmoqda. Rasmiy ochilish marosimi Litvadagai 2 ta poligonda bo‘lib o‘tgan.Avvalroq mashg‘ulotlarda faqatgina Litva qo‘shinlari qatnashishi ko‘zda tutilgani ma’lum qilingan. Biroq Ukrainadagi mojaro tufayli mashg‘ulotlar NATO darajasiga kengaytirilgan. Yig‘in 14-noyabrgacha davom etishi aytilgan.
Izoh (0)