AQSh prezidenti Barak Obamaning samolyoti buzilib qolganligi tufayli zahira layneri xizmatidan foydalanishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Oq uy vakili Erik Shuls ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Filadelfiyada bo‘lib turganda samolyot ustki qanotchalaridan birida kichik mexanik muammo aniqlangani tufayli zahira samolyotiga o‘tilgan. Samolyot almashish ish jadvaliga ta’sir qilmasligi aytilgan.
AQSh prezidenti odatda Boeing 747 samolyotida parvoz qiladi, Boeing 757 laynerining o‘zgartirilgan varianti bo‘lgan Boeing C32 esa zahira samolyoti hisoblanadi. AQSh yetakchisi uchadigan samolyot rusumidan qat’i nazar “birinchi raqamli bort” deb ataladi.
Izoh (0)