2014-yil 16-sentabrdan buyon ilk marotaba G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa zarbasi berildi. Bu haqda Agence France-Presse’ga asoslanib Korrespondent.net xabar bermoqda.
“G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroil janubidagi Eshkol viloyatiga kelib tushdi”, − dedi Isroil qurolli kuchlari vakili. Raketa hujumi natijasida zarar ko‘rish holatlari haqida ma’lum qilinmagan.
Avvalroq, AQSh G‘azo sektori aholisiga 71 million dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatishi, shuningdek, BMT so‘nggi 7 yilda ilk marta G‘azoga oziq-ovqat yetkazib bergani xabar qilingan. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Falastin-Isroil mojarosi ikkita alohida davlat tuzish bilan yechilishi lozimligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)