Berlindagi Mercator Xitoy tadqiqotlari instituti ekspertlari Xitoy mavjud xalqaro tashkilotlarga muqobil tuzilmalar tarmog‘ini yaratib G‘arb ta’siridan mustaqil bo‘lishga harakat qilayotganini e’tirof etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Olimlarning fikricha, Xitoy tuzayotgan xalqaro tashkilotlar tarmog‘i ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Moliyaviy va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha tuzilmalar – Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy zonasi, Osiyo infratuzilmalar investitsiyalari banki kabilardan tortib Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari kengashi va BRIKS kabi yuqori mavqeli siyosiy tashkilotlargacha tuzilgan.
Bunday tashkilotlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari orasida ommalashib bormoqda. Ularni tashkil etish orqali Xitoy G‘arb ta’siridan qutulib, mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini qayta qurmoqchi. Bundan tashqari, Pekin bu tashkilotlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘larini ayamayapti. Shunga qaramay, Xitoy mavjud xalqaro tashkilotlardan chiqib ketishni ham rejalashtirmagan.
Izoh (0)