Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyadagi Vnukovo aeroportida halokatga uchragan Fransiyaning Total kompaniyasi prezidenti Kristof de Marjerining  Falcon samolyoti ishi bo‘yicha uchinchi kishiga ayblov e’lon qilindi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Foto: fedpress.ru

Foto: fedpress.ru

Tergov qo‘mitasi 31-oktabr kuni aeroportning aerodrom xizmati muhandisi Vladimir Ledenyovga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-bandi (harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzib, ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limini keltirib chiqarish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir qilish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Ledenyov ayblanuvchi sifatida tergov qilindi. U ayni paytda hibsda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, stajyor dispetcher Svetlana Krivsun hamda aeroport dispetcheri Aleksandr Kruglovga nisbatan xuddi shunday ayblov e’lon qilingan edi. Tergov qo‘mitasi yaqin orada parvozlar rahbari Roman Dunayev va qor tozalovchi mashina haydovchisi Vladimir Martinenkoga ham ayblov e’lon qilmoqchi ekanligini bildirgan.

Avvalroq, 21-oktabrga o‘tar kechasi Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?