Surxondaryo viloyatida joylashgan ko‘plab arxeologik yodgorliklarning ilk ko‘rinishi qayta tiklanadi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining viloyatdagi vakili Shuhrat Ibragimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda 12news.uz.
“2014-2016-yillarda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bilan birga Qirqqiz, Kokildor ota, Zurmala, Fayoztepa, Kampirtepa, Jarqo‘rg‘on minorasi, Said Otaliq madrasasi va boshqa arxeologik yodgorliklarning ilk ko‘rinishu qayta tiklanishi ko‘zda tutilgan”, − dedi Ibragimov.
Shuningdek, “O‘zbekturizm” vakili bunday choralar ichki va tashqi turizmning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib, butun viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ijobiy rol o‘ynashini e’tirof etdi.
Izoh (0)