Rossiyaning Ukrainaga yuborgan to‘rtinchi gumanitar yordam konvoyi chegaradan, bojxona hamda passport nazoratidan o‘tdi, deb xabar berdi “Vedomosti”.
Gumanitar yordam ortilgan konvoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi yordamida 28-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Noginsk shahridan yo‘lga tushgan va 30-oktabrda Rostov viloyatiga yetib kelgan. Tarkibida 100 ta mashina bo‘lgan avtokolonna 31-oktabr kuni ertalab Kovalevka qishlog‘ida ikkiga bo‘lindi. Ularning biri Donetsk, boshqasi esa Lugansk shahriga boradi.
Ukraina sharqiga borayotgan yuk mashinalariga umumiy og‘irligi deyarli 1000 tonnani tashkil etadigan qurilish mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, issiq kiyimlar ortilgan.
Izoh (0)