O‘zbekistonlik bir qator referi va referi assistentlari shu yilning 28-noyabr — 15-dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tashkil etiladigan OFK elit seminarida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Uch bosqichdan iborat mazkur seminarda o‘zbekistonlik hakam va laynsmenlar uchta guruhga bo‘lingan holda qatnashadi.
O‘zbekistonlik hakamlar mazkur kurslar davomida jismoniy normativlar va chet tillaridan imtihon topshiradi.
OFK seminarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik hakam va laynmsenlar ro‘yxati:
1-bosqich. 28-noyabr — 4-dekabr
- Vladislav Seytlin (referi)
- Aziz Asimov (referi)
- Alisher Usmonov (referi assistenti)
- Andrey Sapenko (referi assistenti)
- Ravshan Ermatov (referi)
- Valentin Kovalenko (referi)
- Jahongir Saidov (referi assistenti)
- Ma’mur Saidqosimov (referi assistenti)
- Abduhamidillo Rasulov (referi assistenti)
- Ilgiz Tantashev (referi)
- Husniddin Shodmonov (referi assistenti)
- Ruslan Serazetdinov (referi assistenti)
Izoh (0)