Isroil, rasmiy Stokgolm Falastinni davlat sifatida tan olishini e’lon qilganidan so‘ng, Shvetsiyadan o‘z elchisini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda, Isroil tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Emmanuel Naxshonga asoslanib, Agence France-Presse axborot agentligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi muzokaralarning barqarorlashuviga ko‘mak bermaydigan mana bunday befoyda qarordan qanchalik achchiqlanganimizni ko‘rsatadi”, – dedi Naxshon.
3-oktabr kuni Shvetsiya Falastinni davlat sifatida tan olishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Keyinroq AQSh Shvetsiyani ushbu masalada shoshilganligini qayd etgandi. 30-oktabrda esa Shvetsiya Falastinni rasman davlat sifatida tan oldi.
Izoh (0)