Jahon banki va O‘zbekiston hukumati 261 million dollarga teng kredit shartnomasi imzoladi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga asoslanib Gazeta.uz xabar bermoqda. Ushbu mablag‘ Qoraqalpog‘iston respublikasining drenaj tizimini modernizatsiya qilishga sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Kreditning 242,5 million dollarlik qismi Xalqaro taraqqiyot assotsatsiyasi, 18,3 million dollar esa Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan ajratilgan.
Shuningdek, Jahon banki yana Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘laridan O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun 150 million dollarlik kredit ajratishni rejalashtirgan.
Izoh (0)